<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><lyrics>[C1]
   Kechir meni Ollohim,
   Ishonchim senda doim.
   Kechir meni Podshohim-ey,
   // Ishonchim senda doim!  //

[V1]
 Dilga Seni kech soldi
 Mendek gunohkor banda.
 Kechir, bundan avvalroq
 Seni taniy olmabman.
 // Shayton soʻziga kirib,
 Senga quloq solmabman.  //

[C2]
   Kechir meni Ollohim,
   Ishonchim senda doim.
   Kechir meni Podshohim-ey,
   // Ishonchim senda doim!  //

[V2]
 Men notavon Sen bilan
 Behuda janglar qildim.
 Olovli oʻqlar otib,
 Aobladim, hor qildim.
 Hatto madad bermabman-ey,
 Oʻsha mashʼum bahorda,
 // Yovuzlar qiynaganda,
 Nuridiydangni xochda.  //

[C3]
   Kechir meni Masihim,
   Ishonchim senda doim.
   Kechir meni Xudoyim-yey,
   // Ishonchim senda doim!  //

[V3]
 Ammo bir kun gʻaflatdan
 Uygʻondi sening quling.
 Yuragimga malhamdek
 Tegdi muborak qoʻling.
 Oʻtgan kunlar yodimda,
 Koʻzlarimni ochding Sen,
 // Gunohlar koʻp botqoqdan-ey,
 Zap qutqarib qolding Sen.  //

[C4]
   Kechir meni Xudoyim,
   Ishonchim Senda doim.
   Kechir meni Podshohim-yey,
   // Ishonchim Senda doim!  //

[V4]
 Mana, endi taʼzim aylab,
 Ibodatda turibman.
 Shak keltirish yoʻq endi,
 Porloq yoʻldan yuribman.
 Hayotim baxshida Senga,
 Qaytish yoʻqdur soʻzlardan,
 // Faqat endi, Tangrim,
 Meni asra yomon ishlardan.  //

[C5]
   Kechir meni Ollohim,
   Ishonchim Senda doim!
   Kechir meni Podshohim-yey,
   // Ishondim Senga doim!  //

[V5]
 Endi Sening nomingni
 Muqaddas deb bilgayman.
 Har ibodat qilganimda,
 Sen toʻgʻringda oʻylayman.
 Ey bandalar, uygʻoning,
 Nur koʻrindi: qanday soz!
 Kelaver Parvardigor,
 Dillar Senga poyandoz.
 Kelaver Masih-Ustoz-ey,
 Dillar Senga poyandoz.

[C6]
   Kechir meni Ollohim,
   Ishonchim Senda doim.
   Kechir meni Podshohim-yey,
   // Ishonchim Senda doim!  //
   Kechir meni jonim-yey,
   // Ishonchim Senda doim!  //</lyrics>
<title>Kechir meni Ollohim</title>
</song>